Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan fuqaro murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inining Bog‘chachilik ko‘chasi 33-uyida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Yusupovaning uy-joyini ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan.

O‘rganish davomida mazkur xonadonni ta’mirlash ishlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi hamda tegishli tizimga kiritilgani aniqlangan. Biroq, mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar hali boshlanmaganligi qayd etilgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilib, ta’mirlash ishlarining nega kechikayotgani sabablarini aniqlash hamda muammoni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Ta’kidlanganidek, ehtiyojmand oilalarga ajratilgan mablag‘larning manzilli sarflanishi, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning o‘z vaqtida yetib borishi hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Mazkur masala deputat tomonidan alohida nazoratga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2