Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l

Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Baxtiyor Bazarov, XDP shahar kengashi raisi J. Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ijtimoiy masalalar hamda mavjud kamchiliklar atroflicha o‘rganildi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik masalalari, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mas’ullar har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgiladilar.

Shuningdek, mahalladagi obodonlashtirish ishlari, hudud infratuzilmasi hamda aholining yashash sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi. Bunday uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xalq bilan ochiq va samimiy muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv yakunida mas’ullar aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va muammolarni amaliy hal etish doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladilar.

Slide 1 of 4