Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan bir fuqaroning muammosi hal etilmayotgani, mas’ul tashkilotlar tomonidan esa aniq va asosli javob berilmagani haqida savol o‘rtaga tashlandi.

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan bir fuqaroning muammosi hal etilmayotgani, mas’ul tashkilotlar tomonidan esa aniq va asosli javob berilmagani haqida savol o‘rtaga tashlandi.

Deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish hamda aholining haqli e’tirozlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J. To‘xsonboyev tomonidan ushbu murojaat shaxsan nazoratga olinishi, tegishli tashkilot rahbarlariga muammoni qonuniy tartibda va qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini mas’uliyat bilan va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, har bir murojaat yuzasidan aniq hamda asosli javob taqdim etilishi zarurligi qayd etilib, bu borada ijro intizomini yanada kuchaytirish choralari ko‘rilayotgani bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1