Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 25-sessiyasi bo`lib o`tdi.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Kengash raisi Faxriddin Dadamatov olib borgan sessiyada tuman hokimi- deputat Elmurod Po'latov, tegishli korxona, tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdilar.Sessiya kun tartibiga kiritilgan:
1. Parkent tumanini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish yuzasidan harakatlar rejasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida tuman hokimligining murojaatlar bilan ishlash bo’limi bosh mutaxassisi Jambilov Ibroxim Meliqo’zi o’g’li hisobot berdi .

2. Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 2026-yil 2-apreldagi VII-22-17-10-141-K/26-sonli qarori ilovasiga o’zgartirish kiritish to’g’risida tuman hokimining o’rinbosari Akramov Shavkat Erkinovich hisobot berdi.

3. Parkent tumani “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida tuman hokimining o’rinbosari Akramov Shavkat Erkinovich hisobot berdi.

Ko’rilgan masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 7