Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
AHOLI MANFAATI YOʻLIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

 AHOLI MANFAATI YOʻLIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari B.Abduraximov, M.Sayfidinov,
B.Sharipov hamda Sh.Joʻrayevlar kotibiyat mudiri R.Nodirov boshchiligida
tumandagi 074-A “Qoʻshkechik–Pandigon” avtomobil yoʻlining ariq ustidan oʻtgan
qismida amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlarini joyiga chiqqan holda
atroflicha oʻrgandilar. 

Oʻrganish jarayonida mazkur hududda joylashgan, uzoq yillar davomida foydalanilgani
sababli maʼnan va jismonan eskirgan temir-beton quvurlarini holati koʻzdan
kechirildi. Shuningdek, tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi
tomonidan ushbu quvurlarni mustahkam yangi konstruksiyalar bilan almashtirish
ishlari qay darajada tashkil etilgani tahlil qilindi. 

Deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar sifatli va
belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshirilishi, yoʻl harakati xavfsizligini
taʼminlash hamda aholiga qulaylik yaratish ustuvor vazifa ekani alohida
taʼkidlandi. Shu bilan birga, masʼul tashkilot mutasaddilariga qurilish-taʼmirlash
ishlarini qisqa fursatlarda sifatli va shaffof tarzda yakunlash yuzasidan
tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. 

Mazkur oʻrganishlar hududdagi yoʻl infratuzilmasini
yaxshilash, aholi va haydovchilar uchun xavfsiz va qulay harakat sharoitlarini
yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.  

Slide 1 of 3