Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
🟢 Yoshlar murojaatlari va muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov tomonidan o‘z saylov okrugidagi uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

📌 Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🗣 Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, sport va ta’lim yo‘nalishidagi taklif hamda murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

📖 Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

🤝 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

✨ Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2