Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: ALOQACHILAR KO‘CHASIDAGI NOSOZLIK BARTARAF ETILDI

DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: ALOQACHILAR KO‘CHASIDAGI NOSOZLIK BARTARAF ETILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi infratuzilma muammolarini hal etish borasidagi ishlar qat'iy nazoratga olingan.

Joriy yilning 24-aprel kuni “Yangi hayot” mahallasi, Aloqachilar ko‘chasidan o‘tgan ichimlik suvi quvuridagi yorilish natijasida yo‘llarda loygarchilik va harakatlanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Amalga oshirilgan ishlar:

Tezkor o‘rganish: Tuman “Suv ta’minoti” bo‘limining maxsus avariya bo‘limi brigadasi va zarur texnikalar jalb qilindi.

Ta’mirlash: Quvurdagi nosozlik (yorilish) to‘liq bartaraf etilib, suv sizib chiqishi to‘xtatildi.

Natija: Yo‘l yuzasidagi noqulayliklar bartaraf etildi hamda piyodalar va transport vositalari uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti tiklandi.

Aholi farovonligini ta’minlash va kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish deputatlarimiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4