Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi

Shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda kotibiyat mudiri A.Ashurov mahalla xotin-qizlar faoli N.Shobirova hamrohligida mazkur maskanda yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

🔅 Tanishuv davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

▶️Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash: Ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash, nizolarni bartaraf etish va sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish;

▶️Xotin-qizlar bandligi: Ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka yo‘naltirish va “Ayollar daftari” bilan tizimli ishlash holati;

▶️Ijtimoiy-huquqiy yordam: Og‘ir ahvoldagi xotin-qizlarga psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish jarayonlari.

💬Muloqot davomida deputatlar xotin-qizlar faoliga oila institutini mustahkamlash, yosh oilalarni hayotga tayyorlash va mahalla xotin-qizlari o‘rtasida kiyinish hamda muloqot madaniyatini targ‘ib qilish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.

🫥Maqsad — har bir oilaning mustahkamligi va ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish!

Slide 1 of 4