Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
“Yakkaterak” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

“Yakkaterak” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda Kengash deputati M.Juraqulova “Yakkaterak” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Deputatlar mahalla hududida faoliyat yuritayotgan xususiy dorixona faoliyati bilan ham tanishib, aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoji, xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmonlarning mavjudligi va aholiga yaratilgan qulayliklar yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish yakunida mahalla tizimi faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev_J_Xudoyqulova_M_Juraqulova

Slide 1 of 4