Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani 53-son umumta’lim maktabida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida maktabning iqtidorli o‘quvchilari G‘. Ahmadjonov boshchiligida mehnat faxriysi Normurodov Berdiboy hoji xonadoniga tashrif buyurib, u kishining hayot yo‘li, frontorti davridagi mashaqqatli yillar hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida samimiy suhbat qurdilar. O‘quvchilar faxriyning hayotiy tajribasi va ibratli xotiralarini katta qiziqish bilan tingladilar.

Tadbirda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati J. Rahmonqulov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tashabbusi bilan ochiq darslar hamda barcha o‘quvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanga muhabbat, tinchlik va ajdodlar xotirasiga hurmat ruhidagi she’rlar, qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida maktab rahbariyati tomonidan barcha mehmonlar, faxriylar hamda tadbir ishtirokchilariga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Slide 1 of 6