Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
XOTIRA – ABADIY, INSON QADRI – MUQADDAS

XOTIRA – ABADIY, INSON QADRI – MUQADDAS  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov hamda Kengash raisi Z.Ashurov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tuman “Xotira maydoni”da tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda faol ishtirok etdilar. 

  Tadbir davomida deputatlar tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari va keksa avlod vakillariga alohida hurmat va ehtirom koʻrsatilib, Vatan ozodligi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yoʻlida jonini fido qilgan ajdodlarimiz muqaddas xotirasi yod etildi. Shuningdek, nuroniylar holidan xabar olish, ularni eʼzozlash va inson qadrini ulugʻlash xalqimizga xos yuksak qadriyat ekani alohida taʼkidlandi. 

  Davlatimiz rahbarining Quva tumanini jadal rivojlantirish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida zamonaviy qiyofa kasb etgan “Xotira maydoni”da oʻtkazilgan tadbirda tuman rahbarlari, viloyat va tuman Kengashi deputatlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda tuman faollari qatnashdilar. 

  Tadbirda deputatlar tomonidan keksa avlod vakillarining hayot yoʻli, mehnat faoliyati va Vatan oldidagi xizmatlarini munosib qadrlash, yosh avlodni vatanparvarlik va millatga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.  

Slide 1 of 7