Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI VA TUNGI YORITISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida “Markaziy” MFY hududida mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda tungi yoritish tizimi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor ichki yo‘llarning asfaltlanganlik darajasi, texnik holati hamda tungi yoritish tizimining ishlash holatiga qaratildi. Ushbu yo‘nalishlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Mahalliy hokimiyat organlari, tegishli tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida yo‘l infratuzilmasi holati tahlil qilinib, ta’mirlash va asfaltlash talab etiladigan ustuvor uchastkalar aniqlandi. Natijalarga ko‘ra quyidagi yo‘l uchastkalarini asfaltlash zarurligi belgilandi: Xuvaydo ko‘chasining 1,5 km qismi, Uchko‘prik ko‘chasining 1 km qismi. Mazkur yo‘llarning hozirgi holati xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermasligi, noqulay ob-havo sharoitlarida esa transport qatnoviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda ijtimoiy obyektlarga kirish imkoniyatlarini cheklashi qayd etildi. O‘rganish natijalari asosida takliflar tegishli rivojlanish dasturlariga kiritish uchun ilgari surildi. Hozirda ushbu yo‘l uchastkalarini asfaltlash ishlari tuman kompleks rivojlantirish dasturiga kiritilgan. Rejaga ko‘ra, loyihalar 2026 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan. Bu transport harakati yaxshilanishi, mahalla infratuzilmasi rivojlanishi hamda tadbirkorlik va ijtimoiy faollik uchun
qo‘shimcha sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi. B.Yergashboyev tomonidan mas’ul tashkilotlarga ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Barcha masalalar doimiy nazoratga olinib, ijrosi muntazam monitoring qilinishi belgilandi. Bu esa mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4