Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.

Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.

➡️Mirishkor tumanida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va "davlat — yoshlar nigohida" tamoyilini hayotga tatbiq etish bo‘yicha tizimli qadamlar tashlanmoqda. Xususan, tuman Kengashining 2025-yil 6-maydagi VII-8-71-4-63-K/25-sonli qarori bu borada huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.  

👨‍💼Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Eshpo'latov hamda Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i I.Odilov ishtirokida ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Unda quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi:

🔵Maslahat guruhi faoliyati: Kengash huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlar maslahat guruhi ishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish;  

🔵"Ustoz-shogird" tizimi: Guruh a’zolarini tajribali tuman Kengashi deputatlariga biriktirish orqali ularda norma ijodkorligi va siyosiy madaniyatni shakllantirish;  

🔵Jamoatchilik nazorati: Yoshlar masalalariga oid qaror loyihalarini ishlab chiqishda yoshlarning bevosita ishtirokini ta’minlash va hududiy dasturlarga takliflar kiritish;  

🔵Muammolarni aniqlash: "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili asosida joylarda yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni Kengash sessiyalari muhokamasiga olib chiqish.  

🔵Kengash kotibiyati va Yoshlar ishlari bo‘limi tumanimiz yoshlarini faol hamkorlikka va o‘z tashabbuslarini ilgari surishga chorlab qoladi.

Slide 1 of 1