Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi

Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda deputat T.Berdiyev shahardagi “Pattakesar” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi holatini o‘rgandilar.

💬Amaliy natijalar raqamlarda:

✔️Mahalladagi YaTT Gularam Turdiyeva faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorga hokim yordamchisi ko‘magi bilan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun 100 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. Bugungi kunda tadbirkor nafaqat o‘z daromadini shakllantirmoqda, balki mahalladagi 5 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlagan.

✔️Fuqaro Yu.Pashshaqulovga o‘zini-o‘zi band qilishi va oilaviy daromadini oshirishi uchun chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 25 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. Fuqaro ajratilgan mablag‘ evaziga chorva mollarini xarid qilib, o‘z xonadonida tadbirkorlikni boshlagan.

🫥O‘rganishlar ko‘rsatadiki, hokim yordamchisi tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar "qog‘ozda" emas, balki amalda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.

💬"Imtiyozli kredit — bu aholiga berilgan imkoniyatdir. "Pattakesar" mahallasidagi ushbu misollar mahallabay ishlash tizimining hayotiy natijasini ko‘rsatib turibdi," — deya ta’kidladi deputat T.Berdiyev.

Slide 1 of 5