Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
#deputat_soʻrovi

Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov, bosh mutaxassis R.Murodovlar hamkorligida “Aleli” mahallasi hududida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan sport majmuasi faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganish jarayonida sport majmuasida bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, sport zalida yuqori malakali murabbiylar yetishmasligi, zarur sport jihozlari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, majmuaning saqlash xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, qorovul, xizmatchilar hamda farroshlar uchun shtat birliklari ajratilmagani ham aniqlangan.

✔️Mazkur muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 5