Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q. O‘tayev tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holatini o‘rganish, ularning samaradorligini tahlil qilish hamda mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, hududda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida loyihalarning amalga oshirish bosqichlari, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarish hajmlarining oshish ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ayrim loyihalarda uchrayotgan muammolar, xususan infratuzilma yetishmovchiligi, moliyalashtirishdagi kechikishlar va tashkiliy masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Kelgusida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish orqali loyihalar samaradorligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur o‘rganishlar natijasida hududning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirish, yangi loyihalarni jalb etish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5