Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Deputat mahalladagi yo‘l qurilishi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Omonov Erkin Botirovich “Barhayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, piyodalar uchun qulayliklar, hududni obodonlashtirish, tozalik va aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” vakillari va mas’ullar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholining kundalik ehtiyojlariga mosligi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3