Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Saylovchilar murojaatlari doimiy e’tiborda

#deputat_sorovi

 Saylovchilar murojaatlari doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati O.Pardayev tomonidan Samarqand shahridagi “Terakzor” MFY fuqarolari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

 Muloqot davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan taklif va murojaatlarini bevosita bayon etdilar.

 Jumladan, “Terakzor” mahallasining Jar-ariq ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yashovchi fuqarolar tomonidan og‘ir yashash sharoiti haqida ma’lumot berildi. 1,5 sotix hovlida to‘rtta oila istiqomat qilayotgani, xususan, Z.Bekirovlar oilasining ijtimoiy holati murakkab ekani ta’kidlandi.

 Shuningdek, fuqaro E.Bekirova 28 yoshli, bolalikdan nogiron bo‘lgan o‘g‘li bilan xonadonning oshxona qismida yashayotganini bildirib, alohida yashash uchun kichik uy qurishga moddiy imkoniyati yetmasligi sababli amaliy yordam so‘radi.

 Mazkur murojaat yuzasidan masalani atroflicha o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida Samarqand shahar hokimligiga deputat so‘rovi chiqarildi.

 Fuqarolarning muammolarini tinglash va ularni hal etish — deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

 Telegram| (http://t.me/Samarqandshaharkengashi1) (https://www.youtube.com/@Samarqandshahar_deputatlari)YouTube| 

Instagram| (https://www.instagram.com/invites/contact/?utm_source=ig_contact_invite&utm_medium=copy_link&utm_content=hh6h941)

 Facebook| (https://www.facebook.com/share/1BBUcgNhZw/)