Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
📌 “Xalqparvar” komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📌 “Xalqparvar” komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda hududda ipotekа kreditlari va subsidiyalar ajratilishida ochiqlik, shaffoflik hamda adolat tamoyillarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 Yig‘ilish davomida tegishli rahbarlarning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi, mavjud kamchiliklar, byurokratik to‘siqlar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

📑 Ta’kidlanganidek, komissiyaning asosiy vazifalaridan biri —

aholini uy-joy bilan ta’minlash jarayonlarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, mablag‘larning adolatli taqsimlanishini ta’minlash hamda ehtiyojmand fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish ustidan doimiy nazorat olib borishdan iborat .

Shuningdek, nizomga muvofiq komissiya:

✔️ ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratilishida ochiqlikni ta’minlash,

✔️ sohada ortiqcha byurokratik holatlarning oldini olish,

✔️ qurilish va uy-joy ta’minoti jarayonlarida shaffoflikni kuchaytirish,

✔️ tegishli tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borish kabi muhim vazifalarni amalga oshiradi .

📝 Yig‘ilish yakunida ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va adolatli ko‘rib chiqish hamda ochiqlikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1