Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

 Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi 

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-15-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Jumayev o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish jarayonida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi, yer ajratishning ochiqligi va shaffofligi, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud holat va tizimdagi ayrim kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan
tegishli xulosalar shakllantirildi.
Mazkur o‘rganishlar yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish hamda sohaga oid islohotlarning izchil amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 3