Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Deputat va kotibiyat mutaxassisi nazorati:

Deputat va kotibiyat mutaxassisi nazorati: Tomorqadagi "qizil oltin" — qulupnaychilik daromad manbaiga aylanmoqda

⬇️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan "Yangi yo‘l" mahallasida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, "mahallabay" ishlash tizimi samaradorligini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🍓 Qulupnaychilik — oilaviy tadbirkorlik asosi

Navbatdagi o‘rganish manzillari mahalla turg‘unlari X.G‘afforova hamda K.Norboyevlar xonadoni bo‘ldi. Mazkur xonadon egalari o‘z tomorqalarining har bir qarichidan oqilona foydalanib, qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘yishgan.