Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Saylovchilar bilan ochiq muloqot — muammolar va yechimlar muhokama markazida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida tumandagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✔️Mazkur uchrashuvda “Oydin” mahalla yettiligi vakillari, mahalla hokim yordamchisi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, ayniqsa aholini kambagʻallikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✔️Mahalla hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan hisobotda oilalarni daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rgatish va subsidiya berish asosida qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida erishilgan natijalar alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va doimiy monitoring olib borish tizimi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

✔️Uchrashuv jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalarini ochiq bayon etdilar. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✔️Tadbir yakunida aholi bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlar hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 6