Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
#Sayyor_qabul

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman hokimi J.Xudoyevlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida fuqarolarning sayyor qabuli tashkil etildi.

✔️Mazkur sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga tezkor va samarali yechim topishdan iboratdir. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, yer va mulk masalalariga oid bir qator murojaatlar bildirildi.

✔️Mutasaddi rahbarlar har bir murojaatni alohida o‘rganib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berdilar. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

✔️Shuningdek, sayyor qabul davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, joylardagi muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✔️Jondor tumanida bunday sayyor qabullarni muntazam ravishda tashkil etish orqali aholi dardini eshitish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6