Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
O'rganish

 Joriy yilning 23-aprel kuni Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi 1-sonli texnikumda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-son Qonuni ijrosi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, moddiy-texnik baza, o‘quv xonalarining jihozlanganlik darajasi, amaliy mashg‘ulotlarning sifati hamda pedagog kadrlar faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, qonun talablarining joylarda amalda qanday ijro etilayotgani yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 Ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar, xususan dual ta’lim tizimini joriy etish holati alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Mazkur tizim asosida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bilim olish jarayonidagi muammolari, amaliyot bilan bog‘liq masalalari hamda takliflari tinglandi.

 Uchrashuv yakunida kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5