Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
"Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa"

"Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa"

 Poytaxtimizda tashkil etilgan konferensiyalar zalida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda “Jamoatchilik ishtirokida maishiy korrupsiya holatlarini o‘rganish va tahlil qilish” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi, “Ekosan” Xalqaro xayriya jamoat fondi raxbari Sh.Umarxodjayeva, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi masʼul xodimi F.Kamilov, “Madad” NNT rahbari Sh.Saidov hamda Assotsiatsiyaga aʼzo Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining rahbar va vakillari ishtirok etishdi.

 Davra suhbatida joriy yilning I-choragida Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Jamoatchilik ishtirokida maishiy korrupsiya holatlarini o‘rganish va tahlil qilish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma tahlili yuzasidan taqdimot tahlillar asosida ko‘rib chiqildi.

 Shuningdek, maishiy korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga salbiy taʼsiri hamda aholining davlat institutlariga bo‘lgan ishonchi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Slide 1 of 5