Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Fuqaro murojaati ijobiy yechim topmoqda

 Fuqaro murojaati ijobiy yechim topmoqda 

12-Saidobod saylov okrugi bo‘yicha Xalq demokratik
partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi N.Ubaydullayeva hududiga kiruvchi
“Saidobod” MFYda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan navbatdagi
fuqaro murojaati tinglandi.
 

Murojaat qilgan fuqaro oilaviy sharoiti og‘irligi,
boquvchisi yo‘qligi va farzandi (o‘g‘li) keksa ota-onasi bilan birga yashashini
bayon qilib, quyidagi masalalarda yordam so‘radi:
 

· Oila a’zolarini kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga
kiritish;
 

· O‘g‘lini bir oylik harbiy xizmatga (safarbarlik
chaqiruvi rezervi) yuborish uchun to‘lov pulini to‘lashda ko‘maklashish.
 

Murojaat yuzasidan ko‘rilgan choralar: 

1. Fuqaroni kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritish
masalasini qonuniy ko‘rib chiqish uchun mahalla ijtimoiy xodimiga
yo‘naltirildi.
 

2. Oilaning moddiy sharoitidan kelib chiqib,
murojaatchining o‘g‘lini “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda harbiy xizmat
to‘lovini to‘lab berishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun ma’lumotlar elektron
bazaga kiritilishi ma’lum qilindi.
 

Natija: Fuqaroning murojaati deputat nazoratiga
olindi. Bu kabi choralar hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni
qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi.