Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Deputat mahallada

 DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA: YO‘LLAR XAVFSIZLIGI
TA’MINLANMOQDA
 

Xalq manfaati yo‘lidagi izchil harakatlar va
deputatlik nazorati o‘z samarasini bermoqda. Xalq deputatlari Piskent tuman
Kengashidagi "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan
19-Mustaqillik saylov okrugi deputati Zilola Ibroximova tomonidan saylovchilar
murojaati asosida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar ijobiy yakun topdi.
 

Muammo qanday hal etildi? Saylovchilarning murojaati
asosida hududdagi 28-sonli umumta’lim maktabi oldiga sun’iy notekislik (to‘siq)
o‘rnatish masalasi bo‘yicha Piskent tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi
boshlig‘i Shuhrat Beknazarovga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
 

Ushbu murojaat mutasaddilar tomonidan atroflicha
o‘rganib chiqildi. Natijada belgilangan reja asosida maktab oldiga sun’iy
notekisliklar o‘rnatilib, yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
 

Asosiy maqsad: Maktab o‘quvchilari va aholining
yo‘ldan xavfsiz o‘tishini ta’minlash hamda hududda yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish.
 

Bugungi kunda deputat tashabbusi bilan hudud
yo‘llarida xavfsiz harakatlanish uchun zarur sharoit yaratilib, fuqarolarning
og‘iri yengil bo‘lmoqda.
 

Ijro nazorati deputat va jamoatchilik e’tiborida!  

Slide 1 of 6