Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Deputat mahallada

 Deputat nazorati: Xavfli simyog‘och muammosi ijobiy
hal etildi
 

Xalq vakilining asosiy vazifasi — aholi dardini
eshitish va ularning yashash sharoitlaridagi muammolarni bartaraf etishga
ko‘maklashishdir.
 

14-Mingtepa saylov okrugi deputati B.Abduraxmonov
(«Adolat» SDP fraksiyasi a’zosi) tomonidan «Mingtepa» mahallasida o‘tkazilgan
navbatdagi «uyma-uy» o‘rganish tadbiri davomida muhim bir murojaat kelib
tushdi.
 

 Muammo nimada
edi?
 

Tokzor ko‘chasi, 12-uyda yashovchi fuqaro
M.To‘laganova o‘z xonadoni yaqinidagi elektr ustuni (simyog‘och) eskirib,
chirib qolganligidan shikoyat qildi. Deputat tomonidan joyida o‘tkazilgan
ko‘zdan kechirish natijasida ustunning haqiqatdan ham yaroqsiz holga kelgani va
har qanday vaqtda qulab tushish xavfi borligi tasdiqlandi. Bu esa atrofdagi
xonadonlar xavfsizligi va uzluksiz elektr ta’minotiga jiddiy tahdid edi.
 

Tezkor chora va natija 

Xavfning oldini olish va fuqaro murojaatini
qanoatlantirish maqsadida deputat B.Abduraxmonov zudlik bilan Piskent tumani
elektr tarmoqlari korxonasi rahbariyati bilan bog‘landi.
 

Deputatlik so‘rovi va amaliy muloqot natijasida: 

 Tuman elektr
tarmoqlari bo‘limi tomonidan yaroqsiz ustunni qisqa muddatda yangisiga
almashtirish choralari belgilandi;
 

«Har bir murojaat ortida inson taqdiri va xavfsizligi
yotadi. Bizning maqsadimiz muammolarni faqat qog‘ozda emas, amalda hal
etishdir», — deydi 14-Mingtepa saylov okrugi deputati B.Abduraxmonov.
  

Slide 1 of 2