Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
#deputat_nazorati

Xalq vakillarining faoliyatida deputatlik so‘rovlari orqali joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda deputat I.Xolov tomonidan tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasiga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining natijadorligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.

✔️Tahlil jarayonida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakat sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, so‘rovlarga berilgan javoblarning sifat darajasi, ijro intizomi va belgilangan muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✔️O‘rganishlar natijasida ayrim masalalar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Biroq, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada jadallashtirish, murojaatlarga tezkor va samarali yondashuvni kuchaytirish zarurligi ham ta’kidlandi.

✔️Mazkur tahlillar asosida tegishli tashkilotlarga amaliy taklif va tavsiyalar kiritilib, deputatlik nazorati doirasida ishlarni tizimli ravishda davom ettirish belgilandi.

✔️Aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3