Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 8-okrug deputati M.Miryunusov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ashirmatov tomonidan “Do‘rmon” mahallasida joylashgan musiqa va san’at maktabida borib o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayon davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda ijodiy muhit atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, yosh iste’dodli o‘quvchilarning san’ati bilan yaqindan tanishilib, ularning ijodiy yutuqlari e’tirof etildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mas’ullar tomonidan aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Yosh avlodning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bu kabi ishlar tizimli davom ettiriladi.

Slide 1 of 9