Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
HOKIMIYAT VA KENGASH HAMKORLIGI: MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboevich hamda tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxritdin Janobovichlar tomonidan tumanimizdagi “Qo‘rg‘ontepa” hamda “Qayilma” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida “Qayilma” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadonida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida uy-joyga jiddiy zarar yetgani aniqlandi. Shu munosabat bilan tuman hokimi va Kengash raisi voqea joyiga borib, holatni atroflicha ko‘zdan kechirdi hamda jabrlangan
oilaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Hokimiyat va Kengash hamkorligida mutasaddi tashkilotlarga yetkazilgan zararni bartaraf etish, xonadonni tiklash hamda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, jabrlangan oilaga zarur ko‘mak ko‘rsatilishi, ularning muammolari doimiy e’tiborda bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Mazkur hamkorlikdagi o‘rganishlar hokimiyat va Kengashning aholi murojaatlariga befarq emasligi, fuqarolar muammolarini hal etishda tizimli va amaliy yondashuv yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. 

Slide 1 of 3