Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida mahalla soliq inspektori o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 292-sonli qarori, tegishli yo‘riqnoma hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq 33 ta yo‘nalish bo‘yicha olib borishi qayd etildi.

 Jumladan, soliq inspektorining asosiy vazifalari sifatida:

▫️ hududning soliq bazasini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga ko‘maklashish;

▫️ mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilarini hisobga olish hamda soliqlar o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

▫️ soliqlarning ixtiyoriy to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish;

▫️ mablag‘larning g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish hamda naqd pul tushumlarining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilish;

▫️ soliq to‘lovchilarga o‘z majburiyatlarini bajarishda amaliy ko‘maklashish kabi vazifalar belgilangan.

 O‘rganishlar davomida mazkur vazifalarning bajarilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4