Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Olmazor” mahallasida joylashgan “LEARNUP” MChJ (Al-Buhoriy xususiy maktab) o‘quv markazi faoliyati Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi hamda kotibiyat mudiri tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida markazda yoshlar va aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlari, ta’lim sifati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Aniqlanishicha, mazkur o‘quv markazida jami 8 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, shundan 6 tasi doimiy, 2 tasi mavsumiy ish o‘rinlarini tashkil etadi. Bu esa hududda bandlikni ta’minlash, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘quv markazining faoliyatini yanada kengaytirish, o‘quv yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlarni joriy etish orqali xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4