Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov hamda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanovlar tomonidan Sadriddin Ayniy mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning fikr va mulohazalarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim, sport, tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi yo‘nalishlarda qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tizimli ishlar olib borilishi, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3