Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosi tahlil qilindi

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosi tahlil qilindi

🔹Tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda joylardagi kamchiliklarni aniqlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputat so‘rovlari atroflicha tahlil qilindi.

🔹Mazkur tahlil jarayonida deputat so‘rovlarining ko‘rib chiqilish holati, ijro intizomi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ularning amaliy natijalari alohida o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalarning hal etilish darajasi va tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rilgan choralar muhokama qilindi.

🔹Tahlil yakunlariga ko‘ra, ayrim so‘rovlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi qayd etilib, mas’ul tashkilotlar rahbarlariga ijro intizomini kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berish belgilab o`tildi.

🔹Shu bilan birga, deputat so‘rovlarining samaradorligini oshirish, ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tezkor bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi

Slide 1 of 1