Deputat o‘rganishi: Aholining bepul dori-darmon bilan ta’minlanish darajasi nazoratda
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova o‘zining saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalarni o‘rganishda davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari 23-Toshrabot saylov okrugida joylashgan 26-sonli Oilaviy poliklinikada olib borildi. Deputat tomonidan poliklinika xodimlari va u yerga tashrif buyurgan bemorlar bilan muloqot qilindi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
Aholiga davlat tomonidan beriladigan bepul dori-darmon vositalari zaxirasi;
Dorilarning o‘z vaqtida va manzilli yetkazib berilishi;
O‘rganish natijasiga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish va aholi salomatligini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.