Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Bahor va Ibratli mahallalarida ilgari aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sirojiddin Bektemirov tomonidan Bahor va Ibratli mahallalarida ilgari aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida avval ko‘tarilgan masalalarning bugungi kundagi holati deputat tomonidan bevosita ko‘zdan kechirildi. Xususan, Pedagogik mahorat markazining tinglovchilar turar joyi binosidan samarali foydalanish, ya’ni uni maktabgacha ta’lim muassasasi (bog‘cha) sifatida tashkil etish bo‘yicha ilgari bildirilgan taklif yuzasidan mavjud sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, “Zabardast” va “Qadriyat” ko‘chalarida olib borilayotgan shag‘allashtirish ishlari holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, ishlarning borishi va yakuniy bosqichga yetkazilishi yuzasidan mavjud vaziyat o‘rganildi.

Bundan tashqari, aholi tomorqalarini sug‘orish tizimi bilan bog‘liq lotoklar holati ham deputat tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishlar orqali ilgari bildirilgan murojaatlarning ijrosi ustidan nazorat amalga oshirilib, mavjud holat yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.

Slide 1 of 3