Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajonov tomonidan Chinoz tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 60-sonli oilaviy poliklinikani holatini o'rganildi.
O'rganish davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, shifokor va tibbiyot xodimlarining faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarga yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonlari ham o‘rganildi.
Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda aholiga yanada samarali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.