Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Mirsoat Mirsodiqov hamda Elyorjon Saidov tumandagi Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollar tinglandi. Deputatlar tomonidan murojaatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Mazkur o'rganish hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.