Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
Tibbiy xizmat sifati va tezkorligi – deputat nazoratida. Aholi salomatligini muhofaza qilish, ularga o’z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko’rsatish bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, ularga o’z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko’rsatish bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Azizon mahalla hududida joylashgan Miyonsaroy OShP  muassasasi faoliyati, aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularning tezkorligi 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tomonidan atroflicha o’rganildi.

O’rganish jarayonida poliklinika va shifoxonalarda bemorlarni qabul qilish tartibi, navbatlar tizimi, shifokor va hamshiralarning kasbiy mas’uliyati, bemorlarga munosabati alohida tahlil qilindi. Shuningdek, dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi, tibbiy jihozlarning holati va ulardan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, tez tibbiy yordam xizmatining aholi murojaatlariga o’z vaqtida javob berishi, chaqiriqlarga yetib borish tezligi va ko’rsatilayotgan yordam sifati muhim mezon sifatida baholandi.

O’rganishlar natijasida sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning roziligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko’rsatish – sog’lom jamiyatni barpo etishning muhim omillaridan biri bo’lib, bu boradagi ishlar deputat nazoratida doimiy ravishda davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 1