Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati, 7-Shayxlar saylov okrugidan saylangan Umirova Manzura Ro‘zimurot qizi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Ishtixon tumani “Maroqand sifat tekstil” MChJ korxonasiga ish so‘rab murojaat qilgan Qiyot mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ularning ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari, mavjud mutaxassisligi va qiziqishlari o‘rganildi.

Mazkur jarayonda Ishtixon tumani “Qiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Z.Egamov hamda Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi xodimlari ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, yoshlar va doimiy ishga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari nazoratga olinib, ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3