Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
#96_ta_qonun 🏖 Ekologiya va atrof-muhitga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining huquqiy bilimini oshirish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Mavlyanov Jamol Ortiqovichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni (2004-yil 3-dekabr, 710-II-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “«O‘rmon to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2018-yil 16-aprel, O‘RQ-475-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni (2013-yil 27-dekabr, O‘RQ-363-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni (2002-yil 5-aprel, 362-II-son)

Mazkur qonunlarni chuqur o‘rganish orqali hududlarda ekologik nazoratni kuchaytirish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, o‘rmonlar va tabiiy hududlarni asrash hamda fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha amaliy ishlar yanada samarali tashkil etiladi.

Ayniqsa, bugungi kunda atrof-muhitni asrash, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish, yashil hududlarni ko‘paytirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, mazkur deputatga Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Saimnazarov Ma’rufjon Jahongir o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi.

Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning ekologiya sohasidagi bilimini mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda sog‘lom va toza muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1