📩 Xalq qabulxonasi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
Kitob tumanida aholi muammolarini hal etish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassis J.Ergashev hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z.Norova ishtirokida Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning ijro holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida:
Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning haqiqiy holati;
Mas’ul tashkilotlar tomonidan ijro muddatlariga rioya etilishi;
Aholi talablarining qonuniy yechimi tahlil qilindi.
Asosiy maqsad: Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini anglagan holda, muammolarga yuzaki emas, balki amaliy yechim topish.