Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan noqonuniy qurilish bartaraf etildi!
янв.21
Ekspert guruhi o‘rganishi: Ekologiya sohasidagi ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Депутат миллий либослар тўқиш ишлари билан шуғулланувчи ўқув маркази фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат миллий хунарманчилик билан шуғулланувчи усталар фаолияти билан шуғулланди.
янв.21
Deputat savdo do‘konlarida narxlarning barqarorligini, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqliligini nazorat qildi
янв.21
Депутат аҳолига ҳоким ёрдамчиси томонидан чорвачиликка берилган кредитлар ҳолатини ўрганди.
янв.21
Депутат аҳоли томорқаларидаги иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Ёшлар маркази қурилиши ҳолатини ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ezgu ishlar davom etmoqda!
Ko‘prik rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati A.Abdumurotov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq 2026–2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, 4R-46 “Samarqand sh–Juma sh–Kattaqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 22-km qismida joylashgan temiryo‘l kesishmasidan o‘tadigan ko‘prikni rekonstruksiya qilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, texnik talab va me’yorlarga rioya etilishi hamda belgilangan muddatda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan suhbatda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish muhimligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalish deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5