Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat savdo do‘konlarida narxlarning barqarorligini, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqliligini nazorat qildi
янв.21
Депутат аҳолига ҳоким ёрдамчиси томонидан чорвачиликка берилган кредитлар ҳолатини ўрганди.
янв.21
Депутат аҳоли томорқаларидаги иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Ёшлар маркази қурилиши ҳолатини ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ezgu ishlar davom etmoqda!
янв.21
Deputat nazorati: hokim yordamchilari faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish natijalari
янв.21
Депутат тумандаги "Инсон" ижтимоий хитзматлар маркази фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат маҳалла инфратузилмасини яхшилаш бўйича лойиҳалар билан танишди.
янв.21
Депутат ногирон фуқаролар бандлигини таъминлаш юзасидан ўрганиш олиб борди.
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12–“Sharq yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova hamda mahalla raisi tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida “Sharq yulduzi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uyda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ushbu uylarning umumiy foydalanishdagi hojatxonalari avariya holatida ekani, kanalizatsiya tizimi ishlamayotgani hamda tandirxonalar mavjud emasligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1