Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат ногирон фуқаролар бандлигини таъминлаш юзасидан ўрганиш олиб борди.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashidovna tomonidan deputat so'rovi yuborildi.

Chilonzor tumani “1-Qatortol” MFY hududida mavjud muammolarni tizimli o‘rganish natijasida tegishli tashkilot va idoralarga okrug deputati Xidiyatulina Rima Rashidovna deputatlik so'rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Qatortol 1-tor ko‘chasida joylashgan 7-sonli tug‘ruq kompleksi atrofida transport vositalarining tartibsiz to‘xtashi oqibatida tezkor xizmatlar, xususan, yong‘in xavfsizligi texnikalarining erkin harakatlanishi cheklanayotgani aniqlandi. 

Ushbu holat inson hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli hududda qat’iy tartib o‘rnatish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalasi ko‘tarildi.

Shu bilan birga, mazkur ko‘chada transport oqimi yuqori bo‘lgani hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar joylashganini inobatga olib, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish maqsadida sun’iy notekisliklar o‘rnatish;

Qatortol 2-tor ko‘chasidagi bolalar maydonchasi yaqinida avtomobillarning tartibsiz to‘xtab turishi bolalar xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani qayd etilib, ushbu hududda taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish orqali muammoni bartaraf etish zarurligi bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tartibda amaliy choralar ko‘rilishi hamda natijalari bo‘yicha yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.

Slide 1 of 7