Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida

Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 - 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli Qarori ijrosi doirasida Amudaryo tumani “Navoiy” nomli mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 30-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi.

Mazkur jarayon O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati G.Yuspova va Adolat sotsial-demokratik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati - kotibiyat mudiri M.O'razbayevlar tomonidan amalga oshirildi. Nazorat tadbiri davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning sifat darajasi o‘rganildi. 

O‘rganishlar jarayonida maktab binosining rekonstruksiya ishlari belgilangan jadval asosida olib borilayotgani, zamonaviy ta’lim standartlariga mos sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Shuningdek, qurilish maydonida mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ham ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilot vakillariga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi. Mazkur jarayon deputat tomonidan doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 7