Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат ногирон фуқаролар бандлигини таъминлаш юзасидан ўрганиш олиб борди.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat Sh. Isamutdinov, kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi – matbuot xizmati xodimi Z. Temirovalar tomonidan shahardagi yangi qurilgan uylar va ularning lift jihozlanishi holati joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yangi uylarning qurilish sifati, uy-joy infratuzilmasi va fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Ayniqsa, liftlar o‘rnatilishi, ularning texnik holati va xavfsizlik talablariga muvofiqligi alohida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, uy-joylarni qabul qilish jarayonida foydalanilayotgan materiallar sifati va qurilish ishlari muddatlariga rioya qilinishi ham o‘rganildi.

Tashrif davomida xodimlar va mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda liftlar va boshqa muhim infratuzilma elementlarini sifatli ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4