Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdurazzaqov Faxriddin tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni mazmun-mohiyati, unda belgilangan talab va normalarning joylardagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Jumladan, “Toza hudud” DUK Ishtixon tuman filialiga borilib, chiqindilarni yig‘ish, tashish, vaqtincha saqlash hamda utilizatsiya qilish jarayonlari, maxsus texnikalar holati, xodimlar faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, belgilangan tartiblarga rioya etish hamda aholining bu boradagi madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Mutasaddi tashkilot vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, qonun talablarini to‘liq va sifatli ijro etish, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅ Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi deputat nazoratiga olinib, kelgusida ham tizimli o‘rganishlar davom ettiriladi. 

Slide 1 of 2