Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi

“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi

🏥Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Y.Bo‘ronov “Zartepa” mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyati bilan tanishdi.

⚡️O‘rganish jarayonida mazkur tibbiyot muassasasi binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari to‘xtab qolganligi aniqlandi. Ushbu holat aholi uchun zarur bo‘lgan tibbiy xizmatlarning to‘liq va sifatli ko‘rsatilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

⏺Deputat tomonidan mazkur muammo yuzasidan tegishli tashkilotlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

⏺Shuningdek, Y.Bo‘ronov ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishini, ta’mirlash ishlarini qayta tiklash va yakuniga yetkazish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishini hamda jarayon deputat tomonidan qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qildi.

✅Aholiga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish doimiy e’tiborda bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 8